Tarixiy kitoblar

Temur tuzuklari

Amir Temur

Nashr yili

1400

Til

Uzbek

Tavsif

«Temur tuzuklari» — Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san'at va hayotiy tamoyillari bayon etilgan asar. Unda buyuk davlat arbobining «Kuch — adolatda» degan mashhur tamoyili, davlatni boshqarishning o'n ikki qoidasi, kengash o'tkazish tartibi, amirlar va askarlarni taqdirlash usullari yoritilgan.

Asar ikki qismdan iborat: birinchi qismda Amir Temurning hayot yo'li va davlat tepasiga kelishi, ikkinchi qismda saltanatni idora etish qoidalari bayon qilinadi. «Tuzuklar» asrlar davomida Sharq hukmdorlari uchun davlatchilik dasturi bo'lib xizmat qilgan.

Bugungi kunda «Temur tuzuklari» yoshlarni adolat, tartib-intizom, mas'uliyat va yurt ravnaqi yo'lida xizmat qilish ruhida tarbiyalashda muhim ma'naviy manba hisoblanadi.

O'xshash kitoblar

Boburnoma

Ko'rish